Manuel Pellegrini: Bundan yaxshiroq o'ynab bo'lmaydi

Narzulla Saydullayev
24 noya 2013
Manchester Siti ustozi Manuel Pellegrini Tottenxemga qarshi o'yindan so'ng (6:0) quyidagi fikrlarni bildirdi.
Bundan yaxshiroq o'ynab bo'lmaydi. Biz har bir o'yinda shunday o'ynash uchun ishlayapmiz.

Odatda men boshqargan jamoalar ko'p gol uradi. Real bir mavsumda 100tadan ko'p gol urgandi. Manchester Sitida faqat Negredo va Aguero emas barcha ajoyib o'ynamoqda.

Doim keyingi o'yin biz uchun muhim, endi bor e'tiborimiz Chempionlar ligasiga qaratiladi. Chempionatda esa boshqa jamoalar qancha ochko yo'qotishlarini ko'ramiz, safardagi o'yinlarda ham g'alaba qozonishimizga ishonaman, – deydi Pellegrini.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru