

27 yoshli futbolchining transferi shu haftada e'lon qilinadi. "Shaharliklar" futbolchi uchun 60 mln. funt sarflaydi.
Jazoirlik "tulkilar"ning Fransiyada boshlangan mavsumoldi yig'inida ishtirok etmayapti. "Lester" futbolchiga uyda qolib, formasini o'zi ushlab turishiga ruxsat berdi.

"Lester" yanvarda futbolchini "Siti"ga sotmadi. Marez bundan xafa bo'lib, mashg'ulotlarga chiqmay qo'ydi va klub tomonidan 240 ming. funt jarimaga tortildi. Keyin u tarkibga qaytdi.



