Markaziy Osiyo. Faqatgina Qozog'istonda etakchi o'zgardi, qolgan mamlakatlarning chempionatlarida hammasi o'z o'rnida

Оқил Абдубарноев
6 may 2024
Markaziy Osiyo mintaqasida o'tkazilayotgan chempionatlar to'g'risida malumot berishda davom etamiz.

Qozog'iston

4–5 may kunlari Qozog'iston Premer-ligasining 7-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

"Qiziljar" (Petropavlovsk) – "Turon" (Turkiston) – 0:1

Gol: Sokolenko, 56 (0:1)

Golga aylanmagan penalti: Cuckich, 72 ("Turon")

"Jenis" (Astana) – "Elimay" (Semey) – 1:2

Gollar: Kornett, 61 (0:1); Percux, 77 (0:2); Zulfiu, 90+2 (1:2)

Chetlatish: Junusov, 40 ("Jenis")

"Qayrat" (Almata) – "Atirau" (Atirau) – 1:0

Gol: Seydaxmet, 52 (1:0)

Golga aylanmagan penalti: Eujenio, 43 ("Atirau")

Chetlatish: Suares, 81 ("Atirau")

"Tobol" (Kostanay) – "Jetisu" (Taldiqo'rg'on) – 1:0

Gol: Kuper, 7 (1:0)

Chetlatish: Abdulla, 87 ("Tobol")

"Aktobe" (Aktobe) – "Astana" (Astana) – 1:1

Gollar: Kuat, 23 (0:1); Umaev, 77 (1:1)

Chetlatish: Kuat, 41 ("Astana")

"Shaxter" (Qarag'anda) – "Qaysar" (Qizilo'rda) – 0:0

Mazkur turdan so'ng turnir jadvalida etakchi o'zgardi. "Tobol" 6 o'yin o'tkazganiga qaramay, 12 ochko bilan karvonboshilik qilmoqda. Undan keyingi pog'onalarda birato'la to'rt klub 11 ochkodan jamg'argan.

To'purarlar ro'yxatida "Aktobe"ning ikki nafar futbolchisi - Maksim Samorodov, Idris Umaev (Rossiya) va "Qiziljar"ning belaruslik yarim himoyachisi Evgeniy Berezkin 4 tadan gol urgan holda etakchilik qilmoqda. "Ordabasi"ning o'zbekistonlik vingeri Jasur Yaxshiboev hisobida uchta gol mavjud.

Chempionatning 8-tur uchrashuvlari 11–12 may kunlari o'tkaziladi.

11 may

"Turon" – "Jetisu"

12 may

"Elimay" – "Shaxter"

"Qiziljar" – "Aktobe"

"Jenis" – "Qayrat"

"Astana" – "Qaysar"

"Ordabasi" – "Tobol"

Tojikiston

Tojikiston chempionatida 5-tur uchrashuvlari o'tkazilib, quyidagi natijalar qayd etildi:

"Regar-TadAZ" - "Esxata" 2:0

"Istiqlol" - "Hosilot" 3:1

"Panjsher" - "Ko'ktosh" 2:1

"Ravshan" - "Istaravshan" 1:0

"Barqchi" - "Xo'jand" 0:1

KMBA - "Vaxsh" 1:0

Turnir jadvalida Nikola Lazarevich murabbiyligidagi "Istiqlol" 100 foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikki ochko ortda borayotgan KMBA poytaxtliklarning asosiy taqibchisi bo'lib turibdi.

6-tur uchrashuvlari 10–15 may kunlari o'tkaziladi.

To'purarlar jadvalida "Istiqlol"ning nigeriyalik hujumchisi Blessing Eleke 5 ta gol bilan etakchilik qilmoqda.

Qirg'iz Respublikasi

27–28 aprel kunlari mamlakat chempionatining 6-tur uchrashuvlari o'tkazilib, quyidagi natijalar qayd etildi:

"Muras Yunayted" - "Talant" 3:1

"Dordoy" - "Ilbirs" 2:0

"Alga" - "Kirg'izaltin" 1:2

"Alay" - "Neftchi" 1:1

Turnir jadvalida taqibchilaridan bitta kam o'yin o'tkazgan "Abdish-Ata" peshqadamlik qilmoqda. "Dordoy" va "Talant" keyingi o'rinlarda bormoqda.

Chempionatning 7-tur uchrashuvlari 8–10 may kunlari o'tkaziladi.

Shuningdek, may oyida boshida Qirg'iz kubogining chorak finalchilari aniqlandi. Quyidagi juftliklar yarim final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

"Talant" - "Dordoy"

"Alga" - "Abdish-Ata"

"OshMU-Aldier" - "Muras Yunayted"

"Neftchi" - "Alay"

Turkmaniston

Turkmaniston chempionatining 12-tur uchrashuvlari 4 may kuni o'tkazilib, quyidagi natijalar qayd etildi:

“Nebitchi” – “Arkadag'” – 0:4

Gollar: 3,9, 26 Altimurad Annadurdiev, 12 Shamamed Xidirov (“Arkadag'”)

“Shagadam” – “Ahal” – 0:2

Gollar: 56 Akmamed Metdaev, 88 Gurban Annaev (“Ahal”)

“Energetik” – “Kopetdag'” – 0:0

“Marv” – “Ashxobod” – 1:0

Gol: 37 (p.) Soxbet Allanurov (“Marv”)

Turnir jadvalida, kutilganidek, “Arkadag'” ochko yo'qotmagan holda etakchilikni saqlab turibdi. Yaqin taqibchi sanalgan “Ahal” 6 ochko ortda bormoqda.

#Jamoa nomiO'yinlar soniG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
1"Arkadag'"10100051-530
2"Ahal"1180323-10
24
3"Altin-Asir"960317-12
18
4"Marv"116059-18
18
5"Shagadam "1050513-12
15
6"Ashxobod"1141610-19
13
7"Nebitchi"1140710-2012
8"Kopetdag"101366-20
6
9"Energetik"110296-29
2



Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Javlon86
6 may 2024
Turkmaniston chempionatiga Real Madrid qatnashsa ham Arkadag‘ chempion bo‘lsa kerak
Аброр 1912
6 may 2024
Туплар нисбати 51-5
Ота макон
6 may 2024
Киргиз футболи янада оркага кетмокда. Аркадаг услуби бизда Пахтакор мисолида синаб курилган ва натижа нолга тенг булган хамда узбек миллати футболи 20-25 йилга оркага кетган. Сунги бир йил давомида бу услубдан воз кечила бошлагандан сунг терма жамоаларимиз натижалари яхшиланиб бошлади.
Mamadiyorov Mahmud
6 may 2024
ОФК кубокларида ўйнаса Аркадагнима қилар экан.
Salah Muhammad
6 may 2024
ОФКда Орқадог бўп қолади