Marko Simich Chernogoriya safida o'ynadi

Narzulla Saydullayev
8 sen 2018
"Paxtakor" himoyachisi Chernogoriya terma jamoasi safida UEFA "Millatlar Ligasi" uchrashuvida maydonga tushdi.

1-turni safarda Ruminiyaga qarshi o'tkazgan Chernogoriya darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va 0:0 hisobida durangga erishdi. Simich 90 daqiqa davomida himoyada ishonchli o'yini bilan ajralib turdi. Chernogoriya ketma-ket 7 bellashuvda mag'lubiyatga uchramadi. 10 sentyabr kuni ushbu terma jamoa Litvani Podgoricada qabul qiladi.


Ruminiya – Chernogoriya 0:0 (0:0, 0:0)
7 sentyabr, 23.45, Ilie Oane
Ruminiya –
Teterushanu, Kirikesh (Belashe, 31), Banku, Benzar, Sepunaru, Pintiliy (Anton, 73), Stanchu, Maksim, Kipchu, Mitrice (Budesku, 68), Kesheryu.
Chernogoriya –    Petkovich, Savich, Tomashevich, Stoykovich, Marko Simich, Ivanich, Vukchevich, Bolevich (Bechiray, 81), Shchekich (Kosovich, 74), Yovovich, Mugosha.
Ogohlantirishlar: Mugosha (37), Bolevich (41), Tomashevich (48), Belashe (55), Pintiliy (71), Anton (85).
Chetlatish: Mugosha (77).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz