Marko Verratti PSJ bilan shartnomani uzaytiradi

Alisher
15 fev 2022
Yarim himoyachi Marko Verratti PSJ bilan shartnomani uzaytirishga yaqin.

Yarim himoyachining amaldagi mehnat shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi, ammo u yangi shartnoma imzolamoqchi. Tomonlar bu borada muzokaralar olib borishmoqda.

Verratti joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

29 yoshli italiyalik futbolchi Parij klubidan 2012 yildan beri o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/adriangrenier