Markus Reshford: "Optimal sport formamga qaytish uchun APLda yaxshi o'rinni egallab turgan va ECHLda ishtirok etayotgan klubga o'tdim"

Omonjon To`xtamirzayev
4 feb 2025
"Manchester Yunayted"dan "Aston Villa"ga ko'chib o'tgan angliyalik hujumchi kelajakka ishonch bilan qaramoqda.

Markus Reshford "Aston Villa"ga o'tganiga munosabat bildirdi.

"Bu klub APLda yaxshi o'rinni egallab turibdi va yanada yuqoriroq o'rinlarga intilmoqda.

Jamoa Chempionlaro Ligasidagi ishtirokini ham davom ettirmoqda. Bu erda yuqori maqsadlarni ko'zlagan murabbiy va iqtidorli futbolchilar jamlangan.

Nazarimda, o'yin uslubim mos keladigan, mening foydam tegadigan va o'zimning eng yaxshi sport formamga qaytishimda menga yordam beradigan jamoani tanladim.

Klubdagi vaqtimdan maksimal ravishda unumli foydalanmoqchiman va buning yagona yo'li – o'zimning kuchli jihatlarimdan foydalanish", – dedi Markus Reshford.

Sancho Reshfordning "Aston Villa"ga o'tganiga munosabat bildirdi

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" 24-turdan keyin 29 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi, 37 ochkosi bor "Aston Villa" esa 8-pog'onani band etgan.


"Manchester Yunayted" muxlislari buni ko'rmagani yaxshi


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: Goal

Izohlar

Grand Grand
4 feb
Аморим айтганидек Жамоадаги криса Решфорд эдими бир нарса аник майдонда Решфорд югурмай куйди жмоавий прессингда кушилмай куйди
ХОКИМ НАЗАР
4 feb
Решфордга омад........
Барсити!
4 feb
Решфордга омад.......
АЗАРБАЙЖАН
4 feb
Решфордга омад.......
Саид бурхон
4 feb
Решфордга омад.......
ХОКИМ НАЗАР!
4 feb
Решфордга омад......
fff
4 feb
Uzoq yillar villa sharafini himoya qilishing tarafdoriman, omad!
Аваз Худойқулов
4 feb
Бу Аморим клуб учун Рэшфорддан кўра Фернандешни сотувга қўйиши керак эди, танловда хатога йўл қўйди, барибир Фернандешни эгоистлиги билиниб туради