Marotta: "Chelsi" biz bilan muzokara olib borishni istamadi"

Mirjalol Normatov
23 avg 2020
"Inter" sport direktori Juzeppe Marotta klub nima sababdan Olive Jiruni "Chelsi"dan transfer qila olmagani sababini aytdi.

"Chelsi" biz bilan muzokaralar olib borishni istamadi. Bunday holatda futbolchilarni olib kelish qiyin bo'ladi. Albatta, biz ham harakat qildik. Shunchaki, "Chelsi"ni hatto muzokara o'tkazishga ham ko'ndira olmadik", - dedi Marotta.

Qayd etish kerak, yozda "Inter" Nikolo Barella, Romelu Lukaku, Matteo Politano kabi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia