Marotta matbuotda "Inter"ning ikki futbolchisi sotilishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019
"Inter" sport direktori Beppe Marotta "Sky Italia" nashriga klub Mauro Ikardi hamda Raja Nainggolan bilan xayrlashishga tayyorligini ma'lum qildi.

"Barchasida ochiq gapirish kerak. Biz o'z loyihamizga mos odamlarni izlaymiz. Biz barcha bilan gaplashdik, kimdir ushbu tizimga mos tushadi, kimdir esa o'z poziciyasini yo'qotgan.

Ularning ikkisi ham holat qanday ekanligini biladi. Biroq bu bilan ularning qobiliyatini erga urish yoki ulardan shubxa qilishimiz mumkin emas. Ular ajoyib, iqtidorli futbolchilar. Biroq chempionatda jamoa g'alaba qozonishi kerak.

Ikardi va Nainggolan bizning keyingi rejalarimizdan tashqarida. Ular "Inter"ning bir bo'lagi emas. Men bu gapni ularga hurmat saqlagan holda aytyapman", - dedi Marotta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Italia