"Marsel" 4 nafar futbolchi bilan xayrlashadi

Sherzod Nurmatov
18 jul 2023
Ular o'zlariga yangi klub izlashlari kerak.

"Marsel" ijaraga olingan 4 nafar futbolchi bilan hisoblashmayapti. Buni jamoa sport direktori Xaver Ribalta malum qildi.

"Isaak Ture jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlaydi, uning kelajagi haqida keyinroq qaror qabul qilamiz. Pap Geye imkoniyatga ega bo'lishi mumkin. O'tgan mavsumda ijaraga olingan qolgan o'yinchilar imkon qadar tezroq o'zlari uchun echim topishlari kerak", – dedi funkcioner.

Bular Jordan Amavi ("Xetafe"), Pol Lirola ("Elche"), Salim Ben-Segir ("Valansen") va Konrad de la Fuente ("Olimpiakos").


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: La Provеnce

Izohlar