Marsel muxlisni tepgan Evra borasida dastlabki qarorni qabul qildi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2017
Marsel prezidenti Jak-Anri Eyro Patris Evra bilan uchrashdi hamda uni vaqtincha ishdan chetlatganini ma'lum qildi.

Evra keyinroq yana bir uchrashuvga taklif qilinadi va shundan so'ng yakuniy qaror chiqariladi.

Marsel bayonotida Evrani haqorat qilgan muxlislar ham qidirilayotgani yozilgan. Futbolchi ularga javob bermasligi aytilgan.

Eslatib o'tamiz, Yevropa ligasi 4-turidan o'rin olgan Vitoriya Gimaraeshga qarshi bahsdan olin 36 yoshli futbolchi muxlislardan birini oyog'i bilan tepdi va qizil kartochka oldi.

Evra kamida 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi aytilgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: om.net