Marselo va Varan "Real" tarkibidagi yubiley o'yinlarini o'tkazishdi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2020
"Real" himoyachilari Marselo va Rafael Varan LaLiga doirasida "Sevilya"ga qarshi o'yinda jamoa tarkibidagi yubiley o'yinlarini o'tkazishdi.

Braziliyalik himoyachi uchun "Sevilya"ga qarshi o'yin "Real" tarkibidagi 350-bahs bo'ldi. 14 mavsum davomida Marselo "Real" tarkibida 243 o'yinda g'alabaga erishdi va 25 gol urdi.

Varan esa kecha "Real"da barcha turnirlardagi 300-uchrashuvida qatnashdi. 9 mavsum davomida u jamoasi bilan 201 o'yinda g'alaba qozondi va 14 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid