"Martin Edegor "Real"ga o'tganida atigi 16 yoshda bo'lsa-da, g'oyat istedodli futbolchi edi" - Anchelotti

Sherzod Nurmatov
8 apr 2025
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegor nima uchun "qirollik klubi"da muvaffaqiyatga erisha olmaganini tushuntirdi.

"Martin Edegor "Real"ga o'tganida atigi 16 yoshda bo'lsa-da, g'oyat istedodli futbolchi edi. Hozir ham xuddi shunday. Jamoada o'z mahoratini namoyish etish uchun joy topilmagani bois, o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida boshqa klubga o'tishga qaror qilgan. U Evropaning eng nufuzli klublaridan biriga o'tib, hozirda eng yuqori darajada o'ynamoqda", – dedi italiyalik murabbiy matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, skandinaviyalik yarim himoyachi 2021 yilda "Real"ni "Arsenal"ga almashtirgan edi.

Madrid va London klublari UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalida bir-biriga raqib hisoblanadi. Birinchi uchrashuv bugun 8 aprel kuni Angliya poytaxtida bo'lib o'tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: London Evening Standard

Izohlar

ArsaBarsa
8 apr
Edegor va Xalilovich juda iste'dodli deb Real va Barselona sotib olgan edi. Edegor zo'r ekanini isbotladi. Xalilovichni esa umri sargardonlik bilan o'tib ketdi. Hozir Niderlandiya chempionatida to'p suradi.
Dostonbek Anvarov
8 apr
Реал ози зар кадрини билмеди хечам Хакими хам зориди захирада чиритишган Роббен кетиб канака болиб кетоди Реалдан Хамесни енг зор пайтида Заидан кал захирада чиритган Реал йошларга имкон бермеди