"Mashal"ning etti nafar o'yinchisi Namanganga boradi

Xabaringiz bor ertaga Namanganda yoshlik va nafosat bayrami bo'lmish, uch bosqichli sport tantanalarining o'rta bo'g'ini "Barkamol avlod" o'yinlariga start beriladi.
Ushbu katta bayramda "Mashal" klubidan etti nafar sportchi futbol musobaqalarida ishtirok etadi. Futbolchilarimiz bugun Qarshi shahriga jo'nab ketdi. Qarshi orqali futbolchilar Namanganga yo'l olmoqda.

Namanganda bo'lib o'tadigan final bosqichiga to'rtta jamoa yo'l olgan.

1. Toshkent shahri
2. Qashqadaryo viloyati
3. Toshkent viloyati
4. Sirdaryo viloyati

Jamoalar 31 may va 1 iyun kunlari o'z uchrashuvlarini o'tkazadi. Yarim finalga qur'a tashlash Namanganda 30 may kuni bo'lib o'tadi.

Qashqadaryo sharafini himoya qiladigan "mashalchilar":

1. Muni Mirmuhsin Yusupov (yarim himoyachi)
2. Mirjalol Qosimov (yarim himoyachi)
3. Shokir Yuldashev (hujumchi)
4. Temur Yumangulov (himoyachi)
5. Shamsiddin Sadullaev (yarim himoyachi)
6. Asliddin Abraev (darvozabon)
7. Bekzod Rahmonov (himoyachi)

Manba: fcmashal.uz