Masharipov ham keldi, Shomurodovni tepishdi. O'zbekiston MTJ to'liq tarkib bilan shug'ullandi

Narzulla Saydullayev
2 jun 2022
Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugun, 2 iyun kungi mashg'ulotlarda yig'inga chaqirilgan futbolchilar barcha 25 nafari ishtirok etdi. Dastlabki uch kungi mashg'ulotlarda qatnashmagan Jaloliddin Masharipov bugundan terma jamoa bilan shug'ullanishni boshladi.

4 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasi charter reys orqali Namanganga uchib ketadi.




O'zbekiston MTJ yig'iniga chaqirilgan futbolchilar:

Darvozabonlar:
Umidjon Ergashev ("Nasaf"), Valijon Rahimov (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Dilshod Saitov ("Nasaf"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev (AGMK), Akrom Komilov (AGMK)

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Otabek Shukurov ("Al Sharja", BAA), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Oston O'runov ("Ufa", Rossiya), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni)

Hujumchilar: Sherzod Temirov ("Persepolis", Eron), Azizbek Amonov ("Istiqlol", Eron), Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston).


Quyida bugungi mashg'ulotdan suratlarni tomosha qiling: FOTOGALEREYA




Barcha suratlar bu erda: FOTOGALEREYA


foto: Jahongir Fayzullaev

video: Samandar Shokirov


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Шохимардон Ходжанов
2 jun 2022
Рустам Ашурматов , Остон Уриновларни жавобини бериворийла
Бахтийор Ашуров
2 jun 2022
Уни чақирмади - буни чақирмбди. Ўша чақирилмаганларни ҳаммаси жароҳат туфайли эканлигини наҳотки билмайсизлар. Ўзларингизга шу сайтда уҳлайсизлар. Лекин ўша суюклий футболчиларнингни аҳволидан беҳабарсизлар.
Нуну 7
2 jun 2022
Oston Urunov Eldorni kotiga tepib sardorlik bogishni menga berasan deyaptiyo Oston sardor bolishi kerak
Олға "Пахтакор"
3 jun 2022
Иброҳимхалилда жароҳат бор, шунинг учун U-23 гаям чақирилмади
Восток
3 jun 2022
Олга йигитлар