Masharipovning "Al Nassr"dagi raqami o'zgardi, bu Ronalduning jamoaga kelishidan darak beradimi?

Оқил Абдубарноев
13 dec 2022
O'zbekistonlik futbolchi ilgari klub safida 7-raqamda to'p tepardi.

"Al Nassr" klubining o'zbekistonlik yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov yangi raqam ostida to'p tepadi.

Klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda joylagan suratlarida Masharipov 77-raqam ostida mashg'ulotlarda ishtirok etayotgani aks etgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq hozirda erkin agent hisoblangan portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduning jamoa bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi. Shu jumladan, Masharipov Ronaldu jamoaga kelgan taqdirda, 7-raqamni unga berishga tayyor ekanligini Championat.asia saytiga malum qilgandi.

O'zimizning karikatura. "Jaloldu" Ronalduga 7-raqamni beradi


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Toir Muratovich
13 dec 2022
Ronaldu uchun eng yaxshi variant saudiya arabistoniga borib gollar urish
@Javdat
13 dec 2022
Jamoanin ichki mavzusida tashqariga gapirib qo'yish, bu uning jamoadan sirpanishiga olib kelishi mumkin. Bu U yaxshi biladi.
Mido
13 dec 2022
77 бу 11та 7 дегани. Демак Жалол янги 7-рақам сохибидан айни дамда 10-марта кучлиқ дегани))))))
Djurayev Akbar
13 dec 2022
Хеч қиси ёқ, шунчаки рақамини "золотой" қивопти ) иккита етти. Яна битта қошса "777 котта бола" боволарди
FutbolCA
14 dec 2022
Bizi Jaloldolarimiz yevropaga borishi shart emas kerak bo'lsa arabistonga opkeltiradi menman deganini