Massimiliano Allegri “Al-Hilol”ning ilk taklifini qabul qilmadi

Alisher
13 iyun 2023
Saudiya Arabistoni “Al-Hilol” klubi “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.

“Yuventus” ustozi ayni vaqtda tatilini Monte-Karloda o'tkazmoqda. Aynan shu yerda Allegri va “Al-Hilol” vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis yillik 20 million evro maoshni rad etdan. Biroq saudiyaliklar allaqachon qo'shimcha 10 million evrolik bonusli shartnoma tayyorlashmoqda

Oldinroq “Yuventus” Allegri bilan hamkorlikni davom ettirishini ma'lum qilgandi. Joriy mavsumda “Yuventus” 62 ochko to'plagan holda turnir jadvalini ettinchi o'rinda yakunlandi. Chempionat davomida turinliklardan 10 ochko minus qilingandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com