Matteys de Ligt: "Faqatgina ten Xag uchun MYUga o'tmaganman. Bu juda katta klub"

Mirjalol Normatov
14 nov 2024
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteys de Ligt mankunianliklar sobiq ustozi Erik ten Xagning istefosi haqida gapirdi.

"Erik meni jamoaga taklif qildi, u bilan birga muvaffaqiyatlarga erishmoqchi edim. Biroq uning omadi kelmadi. Uning qo'l ostidagi ko'plab o'yinlarda yaxshi o'ynadik, biroq vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Hammasi shunday yakunlanganidan afsusdaman.

Amorim "Sporting"da yaxshi ishladi, umid qilamanki, u jamoamizning darajasini ko'tara oladi. U mening birinchi yoki oxirgi murabbiyim emas. "Manchester Yunayted"ga faqatgina Erik ten Xag uchun o'tmadim. MYU - dunyoning eng katta klublaridan biri. Men shunchaki o'z ishimni qilishim kerak. O'zimni yaxshi his qilyapman. Shunday davom etaman degan umiddaman", - dedi de Ligt.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

MUFC_11
15 nov 2024
Bir vaqtlar Yunayted Ayaksdan olmoqchiligida katta klub deb bilmaganmi deyman, jamoaga o'tgandan keyin bunaqa gaplar pf.
Rahmatullo Ergashev
14 nov 2024
Aut Katanes Aut Katanes Aut Katanes Ketsin Katanes Ketsin Katanes Ketsin Katanes