Maurisio Pochettino: “Tottenxem” chempionlik uchun kurashadi”

Aslanov Jasurbek
2 apr 2017
“Tottenxem” ustozi Maurisio Pochettino jamoasining APL 30-turida “Bernli” (2:0) ustidan qozongan g'alabasidan keyin uchrashuv haqida o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

“Men jamoam bilan faxrlanaman, biz juda qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Biz xarakter ko'rsata oldik. Jamoamning ikkinchi bo'limdagi harakatlaridan xursandman.

Bu biz uchun juda katta g'alaba bo'ldi. “Chelsi”ning ochko yo'qotishidan keyin oradagi farqni 7 ochkogacha qisqartirdik va chempionlik uchun kurashishda davom etamiz”, deydi argentinalik murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС