Mavsum yakunida La Ligadan tushib ketadigan ilk klub aniq

Khoja
25 apr 2025
Valyadolid klubi La Ligada qolish uchun barcha imkoniyatlarini yo'qotdi.

Shu tariqa, jamoasi kelasi mavsumni Segundada o'tkazadi. Ispaniya chempionatining 33-turi doirasidagi Betisdan mehmonda uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:5) Valyadolid 33 o'yinda 16 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida so'nggi, 20-o'rinni egallab turibdi. 17-o'rindagi jamoa bilan farq esa 18 tani tashkil qilmoqda.

Valyadolid so'nggi 14 ta uchrashuvda atigi 1 ochko ishlagandi.

Avvalroq, Valyadolid rahbari Ronaldo jamoani sotish niyatida ekanligini ma'lum qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com