Maydon chimini yangilash navbati "Mashal"ga keldi

Оқил Абдубарноев
7 dek 2022
Yangi mavsumda Pro-ligadagi ishtirokini davom ettiradigan “Mashal” jamoasi qishki tanaffus vaqtida talablarga mos ravishda maydon maysasida o'zgarishga qo'l urmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Maydonning maysasi yangi mavsum startiga qadar to'liq yangilanishi aytilmoqda. Hozirda jamoaning bosh maydonidan tashqari uning atrofidagi kichik o'yingohlar va mashg'ulotlar maydonida ham shunday o'zgarishlar qilinayotgani haqida xabar berildi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia