Mayl Edinak faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2020
Avstraliya termasi va "Kristal Pelas" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Mayl Edinak 35 yoshida faoliyatini yakunladi.

"Faoliyatimni shunday darajaga olib chiqqan barchadan mamnunman.

Murabbiylar, personallar, jamoadoshlar, muxlislar - barchaga rahmat.

Shuningdek, meni doim qo'llab turgan oilamga ham minnatdorlik bildiraman", - dedi Edinak.

Futbolchi 2011-2016 yillar davomida "Kristal Pelas" tarkibida harakat qilgan. 2018 yilda u termadagi faoliyatini yakunlagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal