Mbappe klasikoda o'ynaydimi? Alonso javob berdi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2026
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappening holati haqida gapirdi va uning ertangi klasikoda qatnashishi haqidagi savolga javob qaytardi.

- Mbappe o'zini qanday his qilmoqda?
- Ancha yaxshi. Avvaliga u "Atletiko" bilan o'yinga tayyor bo'lishini taxmin qilgandik, biroq holat yomonlashib kyetishini istamadik. Agarda finalga chiqadigan bo'lsak, o'zini qanday his qilishiga e'tibor qilmoqchi bo'ldik.

Mashg'ulotdan keyin bizda uning holatiga bog'liq barcha ma'lumotlar bor edi va shu orqali uning asosiy tarkibda o'ynay olishiga baho berdik.

- Ukol qilish orqali maydonga tushirib, uning salomatligini xavf ostiga qo'yish mumkinmi?
- Biz xavflarning darajasini bilishimiz, nimalar xavf ostida ekanligini, qabul qilayotgan qarorlarimiz uchun javobgarlikni bo'ynimizga olishimiz kerak. Bu nazoratga olingan xavf, - dedi Alonso.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As