Mbappe "Real"da qaysi raqamni oladi?

Tolibjon Qosimov
21 feb 2024
Kilian Mbappe yozda "Real"ga ko'chib o'tishi oydinlashib bo'ldi.

Forvard madridliklar safida 10-raqamni olishi mumkin.

U PSJ tarkibida 7-raqamda o'ynaydi, lekin "Real"da bu raqam band. Unda Eden Azar ketganidan keyin Vinisius Junior harakat qilmoqda.

Karim Benzema ketganidan keyin 9-raqam bo'sh turibdi. Ko'pchilik Karimning raqamini 2024 yilning yozida (18 yoshga to'lganidan keyin) "Real" tarkibiga kelib qo'shiladigan hujumchi Endrik olishini aytmoqda.

Mbappe esa katta ehtimol bilan 10-raqamni oladi. Sababi, bu raqam Luka Modrich yozda jamoani tark etganidan so'ng bo'shab qoladi. Xorvatiyalik yarim himoyachi 2017/2018 yilgi mavsumdan beri shu raqamda to'p tepib kelmoqda.


Kilian bir paytlar "Monako"da ayni shu raqamda o'ynagan, Franciya terma jamoasida ham 10-raqam uniki.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: marca.com

Izohlar

Sera_M ¥ U
21 feb 2024
Mn kecha Florento Perez b.n gaplashivdim. Katta ehtimol b.n Vini Junior 10 raqamda uynaydi luca modrichdan keyin. 7-raqamda Mbappe 240.000% uynaydi
Алёш ака
21 feb 2024
Шу Мбаппе мавзусиниям сийқаси чиқиб кетди. Ундан кура кимга қанақа ставка қилган маъқулроқ ,шуни экспертлар минан маслахатлашиб уқувчилар бн уртоқлашсаларингиз обуначилар анчага купаярди. Масалан кеча Ман Сити (2,5)большени кутига тиқди
Pirlo_21
21 feb 2024
Shunchaki minus bosish uvhun kirgandim !
Kristensen
21 feb 2024
Bekorni aytibsizlar adminjonlar . Monakoda birinchi 33-raqamda keyin 29-raqamda oʻynagan