Mbappe "Real"ning yanvar oyidagi eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi

Administrator
5 fev 2025
Kilian yanvar oyida ajoyib o'yin ko'rsatgandi.

"Real Madrid" futbolchisi Kilian Mbappe klubning yanvar oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Mbappe muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada g'olib bo'lgan. 

Kiliandan tashqari so'rovnomada Federiko Valverde, Jud Bellingem, Rodrigo va Vinisius Junior ham qatnashgandi.

Ma'lumot uchun, Kilian Mbappe o'tgan oyda "Real" tarkibida to'qqizta o'yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urdi.


AdministratorMuallif
Manba: https://www.realmadrid.com