Mbappe: "Ronalduda pasayish yo'q. Agar bu pasayish bo'lsa, boshqa ko'pchilik inqirozda"

Tolibjon Qosimov
7 fev 2018
PSJ forvardi Kilian Mbappe "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu inqirozda deb hisoblamaydi.

"Ronalduda pasayish yo'q. Agar bu pasayish bo'lsa, boshqa ko'pchilik futbolchilar inqirozda.

U ajoyib o'yinchi, lekin u biz bilan o'yinlarda gol ura olmaydi deb umid qilamiz.

O'yinga tayyorlanamiz, "Real"ning kuchli tomonlariga e'tibor qaratamiz. Ronaldu ulardan biri hisoblanadi", - dedi Mbappe.

Chempionlar ligasi 1/8 final doirasidagi PSJ va "Real" o'rtasidagi bahslar 14 fevral va 6 mart kuni bo'lib o'tadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com