Mbappe shaxsiy prodyuserlik kompaniyasini ishga tushirdi

Sherzod Nurmatov
16 jun 2022
PSJ hujumchisi o'z kompaniyasini ishga tushirdi.

Xabar berishlaricha, Kilian Mbappe WME Sports gollivud agentligi o'zining Zebra Valley prodyuserlik kompaniyasini yo'lga qo'yish bo'yicha hamkorlik shartnomasini imzolagan.

Franciyalik forvardning kompaniyasi Los-Anjelesda joylashgan bo'ladi. U sport, musiqa, madaniyat, texnologiya va videoo'yinlarga yo'naltirilgan kontent yaratishga intiladi. Qayd etilishicha, kontent yoshlarning o'z yo'lini topib ketishiga xizmat qiladi.

Eslatib o'tamiz, may oyida Mbappe PSJ bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirgandi. Norasmiy malumotlarga ko'ra, franciyalik futbolchining yangi kelishuvga ko'ra Parij klubidagi maoshi yiliga 93 million evroni tashkil qiladi va bu uni dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantiradi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: L'Equipe

Izohlar

yahyo
17 jun 2022
Uzi ham yaxshigina aktyor ekan.
football4fans
16 jun 2022
Pul ko'p xohlaganini qiladi
Насаф 2022
16 jun 2022
Kliyan MONEY ))))
Pulat real
16 jun 2022
Hozir Umarxuja degani keladi Real olalmadi Mbappeni deb. Ana shu yeban qayda bo'lsa realni xonasida sasiydi.
Ilhom55555
16 jun 2022
Кейнги мавсум хам реал туш яради Майлими пулигди уйнаб ятгин