Mbappe va Luis Enrike o'rtasida janjal yuzaga kelgan. Kecha esa Kilian 65-daqiqada zaxiraga olindi

Omonjon To`xtamirzayev
26 feb 2024
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hamda klub bosh murabbiyi Luis Enrike o'rtasida mojaro kelib chiqqan.

O'tgan hafta oxirida futbolchi jamoa bosh murabbiyi va jamoadoshlariga mavsum oxirida klubni tark etishi haqida malum qilgan.

Enrike bu haqida OAVda hech nima demagan bo'lsada, Mbappening bunday ishi mutaxassisga butkul maqul kelmagan. Enrikening fikriga ko'ra, parijliklar bir necha musobaqada g'oliblik uchun kurashayotgan bir pallada jamoa etakchisining bunday qilgani noto'g'ri. 

Malumotlarga ko'ra, aynan shu nizo tufayli kecha Liga 1"ning 23-turi doirasida "Renn"ga qarshi uchrashuvda, PSJ 0:1 hisobida ortda borayotganida, Mbappe 65-daqiqadayoq zaxiraga olingan.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: Франциялик журналист Адриан Гренье

Izohlar

International
26 feb 2024
Jonga tegdi shu toshbaqayam
Jons
26 feb 2024
Mbappesiz gol urib, Enrike nimadur demoqchi bo'libdida bu orqali, tizimga tushmasa ketgani maqulda, kim bo'lsa ham, Ronaldinyolar ketkazilgan masalan ataylab.
BOBIRBEK_URINOV
26 feb 2024
ГИЙБАТ #1 КОЙИЛ КОЙИЛ????????????
Oybek Rahimov
26 feb 2024
La ligaga kelib nimani qoyil qilarkan koramiz