Meksikada futbol o'yini vaqtida 11 nafar odam otib o'ldirildi

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2026
Salamanka shahrida bo'lib o'tgan futbol o'yini vaqtida 11 nafar odam halok bo'ldi, yana 12 kishi yaralandi.

Bu haqda 26 yanvar kuni "Jornada" nashri xabar berdi.

Hodisa Loma-de-Flores tumanidagi "Kampos de las Kabanyas" stadionida o'tkazilayotgan havaskorlar o'yini chog'ida sodir bo'lgan. Kutilmaganda sport majmuasi hududiga ikkita mashina kelib to'xtagan. Avtomobillardan to'rt nafar noma'lum shaxs tushib, o'q uzishni boshlagan.

Hujum bir necha daqiqa davom etgan. Otilgan o'qlar shunchalik baland ovoz chiqarganki, ularni hatto stadiondan 15 km uzoqlikda ham eshitish mumkin bo'lgan. Jinoyatchilar noma'lum yo'nalishda qochib ketgan.

Fojia joyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar 100 tadan ortiq gilzani aniqlagan. Hozirda policiya tergov ishlarini davom ettirib, guvohlarni so'roq qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Jornada