Mesheryakov: "Berdievning "Lokomotiv"ga o'tishi yig'inda o'ylab topilgan uydirma"

Aslanov Jasurbek
2 fev 2017
"Lokomotiv" direktorlar kengashi raisi Anatoliy Mesheryakov "Rostov" vice-prezidenti Qurbon Berdiev "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi bo'lishi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Ma'lumot aynan Qozonda paydo bo'lgani juda g'alati. Bu yig'inda o'ylab topilgan uydirma. Jamoa hozir Ispaniyada va bosh murabbiyga savollar yo'q. Klub rahbariyati va direktorlar kengashi Yuriy Syominga ishonadi" - deydi Mesheryakov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com