Messi: "Barselona"ning sovrinini jahon chempionligiga almashgan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
28 may 2018
"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati haqida fikr bildirdi.

"Barselona" sovrinini jahon chempionligiga almashgan bo'lardim.

Jamoamizga ishonaman. Yaxshi ishlayapmiz, bizda iqtidorli va tajribali futbolchilar bor. Ammo jahon chempioni bo'lamiz deb butun dunyoga jar solishimiz kerak emas.

Guruhdagi raqiblarimiz? Islandiya so'nggi Yevropa chempionatida har qanday jamoa uchun qiyin raqibligini isbotladi. Xorvatiyada kuchli yarim himoyachilar bor. Ular Ispaniya uslubida o'ynashadi, biroq darajasi pastroq. Nigeriyaga to'xtaladigan bo'lsak, bu terma jamoa biz bilan tengma-teng kurasha oladi" - deydi Messi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo