Messi: "Barselona" uchun Madridda "Real"ga qarshi o'ynash osonroq"

Mirjalol Normatov
17 dek 2019
"Barselona" hujumchisi Leo Messi "Real"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Safardagi o'yinlarda erkinlik ko'proq bo'ladi. "Real" o'z maydonida asosiy e'tiborini hujumga qaratadi, shuningdek, tribunadagi muxlislar ham ularni oldinga chorlaydi. "Kamp Nou"da esa "Real" o'z jarima maydonchasiga yaqinroq o'ynaydi va tezkor hujumchilariga tayanib, qarshi hujumlarga e'tibor qaratadi. Raqib maydonida o'tadigan o'yinlar jangovor kechadi, "Kamp Nou"da esa o'yin yopiq o'tadi.

Zidanni tanqid qilishayotgani meni ajablantirmoqda. Top-klublarda faoliyat yuritayotgan insonlar bu normal holat ekanligini tushunishadi. Muxlislar odamning oldingi ajoyib onlarini tez yoddan chiqarishadi va har kuni natija talab qilishadi.

Zidan "Real"ga qaytganidan keyin qo'lga kiritilgan ketma-ket uch YCHL hech qanday ahamiyat kasb etmasligini tushundi. Muxlislar undan har doimgidek natija talab qilishadi", - dedi Messi. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca