Messi faqat penaltidan gol uryapti

"Barselona" va "Dinamo" (Kiev) o'rtasidagi uchrashuvning 2-bo'limi boshlandi (1:0, birinchi taymdan keyin).

Uchrashuvning 5-daqiqasida kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi hisobni ochdi. U o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin belgilangan penaltini golga aylantirdi.

Shu tariqa Messi joriy mavsumdagi 5-golini urdi – 4 tasi "Barselona" safida ("Vilyarreal", "Ferencvarosh", "Yuventus" va "Dinamo"ga), bittasi Argentina terma jamoasi tarkibida (Ekvador darvozasiga) urilgan. E'tiborli jihati shundaki, "Oltin to'p"ning 6 karra sohibi gollarining barchasini penaltidan uryapti.


Manba: championat.asia