Messi Ispaniyada 275ta gol urdi va Italiya to'purari Pioladan o'tib ketdi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2015
Barselona kecha Ispaniya chempionati doirasida Eybarni mag'lub etdi (2:0).
Kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi bask klubi darvozasiga ikkita gol urdi.

Shu tariqa, argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatida urgan gollari sonini 275taga etkazib oldi.

Bu borada u Italiya chempionatining mutloq to'purari Silvio Piolani ortda qoldirdi. Uning hisobida 274ta gol bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru