Messi "Oltin to'p"ga loyiq futbolchi kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
16 okt 2024
Argentina termasi sardori Leo Messi jamoadoshi Lautaro Martinesni "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblaydi.

"U aqlbovar qilmas mavsum o'tkazdi. Amerika kubogining to'purari bo'ldi va finalda gol ham urdi. U "Oltin to'p"ga barchadan ham ko'ra loyiqroq", - dedi Messi.

Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p" topshirish marosimi 28 oktyabr kuni Parijda o'tkaziladi. Hozircha ushbu sovrinni olish uchun Vinisius Junior favorit bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport