"Metallurg" "Neftchi" futbolchisini o'z tarkibiga qo'shib oldi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2022
O'zPFL matbuot xizmati yaqindagina "Neftchi"dan ketgan Anvarjon G'ofurovning yangi jamoasini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, himoyachi ushbu mavsumni "Metallurg" tarkibida yakunlaydi. Markaziy himoyachi bekobodliklar bilan 5 oylik shartnoma imzoladi.

Anvarjon G'ofurov joriy mavsum Superligada12ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4 marotaba sariq kartochka bilan jazolandi. O'zbekiston kubogida 3ta uchrashuvda harakat qildi.

Eslatib o'tamiz, 2 iyul kuni Anvarjon G'ofurovning "Metallurg"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: pfl.uz