Meyson Grinvud termada o'ynaydimi?

Mirjalol Normatov
22 okt 2024
Meyson Grinvud Angliya termasidagi kelajagini Tomas Tuxel bilan gaplashib olmoqchi.

"The Sun" ma'lumotiga ko'ra, 23 yoshli futbolchi Angliya termasidagi kelajagi bo'yicha bosh murabbiy bilan uchrashuv o'tkazishni istaydi. Garchi Grinvud termaga qaytish ehtimoli yuqori bo'lmasligini bilsa-da, 2026 yilgi JCHda ishtirok etishni niyat qilmoqda.

Agarda Grinvud Angliya termasiga qayta olmasa, Yamayka fuqaroligini olib, ushbu davlat milliy jamoasi uchun o'ynashni o'ylab ko'radi. Eslatib o'tamiz, 2022 yili Grinvud zo'rlov ayblovi bilan 18 oyga futboldan chetlatilgan va 2023 yil fevralida ayblov olib tashlangandi.

O'tgan yozda Grinvud 26 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"dan "Marsel"ga o'tdi. Ushbu mavsumda u 6 o'yinda 2 gol va 1 assist qayd etdi.

Angliya termasi tarkibida u faqatgina bir uchrashuvda qatnashgan. 2020 yilning sentyabr oyida Grinvud Millatlar ligasi doirasida Islandiyaga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun