MFL. "Nefteximik" mehmonda durang o'ynadi, Galiulin to'liq 90 daqiqa harakat qildi

Sherzod Nurmatov
8 apr 2023
Milliy futbol ligasi 26-turi doirasidagi "SKA Xabarovsk" – "Nefteximik" uchrashuvi yakuniga etdi.

Unda nursiz durang qayd etildi – 0:0. 

Mehmonlar tarkibida o'zbekistonlik yarim himoyachi Vagiz Galiulin 90 daqiqa harakat qildi va 84-daqiqasda sariq kartochka oldi. 

Rossiya Birinchi ligasi

26-tur

SKA Xabarovsk – Nefteximik 0:0 

Lenin nomidagi stadion

SKA Xabarovsk: Imamov, Aleynikov, Anisimov, Bavin, Geloyan, Jamaletdinov, Ivankov, Levickiy, Musalov, Petrov, Starodub

Nefteximik: Golubev, Bazelyuk, Galiulin, Denisov, Jamilov, Zorin, Kalugin, Kotov, Laykin, Moskvichev, Sitdikov

"Nefteximik" 26 o'yindan so'ng 33 ochko to'plagan holda 11-o'rinda bormoqda. Jamoaning keyingi uchrashuvi 15 aprel kuni "Krasnodar-2"ga qarshi kechadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar