Mikael Sekeyra: "Birinchi taymda gol ursak adolatdan bo'lardi"

Narzulla Saydullayev
11 sen 2021
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Lokomotiv" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o'z fikrlarini bildirdi.




"Birinchi taymda "Lokomotiv" juda yaxshi chiroyli o'yin ko'rsatdi. Ikkita qulay imkoniyatga ega bo'ldik va raqib posboni yaxshi o'ynadi. Birinchi taymda gol ursak adolatdan bo'lardi.

Ikkinchi taymda esa ikkala jamoa teng o'ynadi. O'ylashimcha durang adolatli bo'ldi.

O'yin paytida futbolchilar bilan gaplashish qiyin emas, tarjimon orqali ko'rsatmalarni etkazaman.

Jasur Jaloliddinov asosiy tarkibga mosmi? U ham jamoamiz a'zosi, yanada yaxshiroq harakat qilishi kerak, lekin yomon emas.

"Qizilqum" klubi uzoq yillardan buyon shakllanib kelayotgan jamoa hisoblanadi.

Mavsumni qanchalik yuqorida tugatsak shunchalik yaxshi deb o'ylayman", - deydi Mikael Sekeyra.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia