Mikel Arteta: "Madueke - APLning eng yaxshi hujumchilaridan biri"

Mirjalol Normatov
18 iyul 2025
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Noni Maduekening transferidan mamnun bo'ldi.

"Nonini jamoamizda ko'rayotganimizdan mamnunmiz. U hali juda yosh, biroq zo'r futbolchi, so'nggi mavsumlarda uning statistikasi a'lo darajada bo'lib turibdi. Ayni damda u APLning eng yaxshi qanot hujumchilaridan biri.

23 yoshda bo'lishiga qaramasdan u klub va xalqaro miqyosda katta tajribaga ega. Uning jamoamizga kelganidan xursandmiz.

Noni yangi jamoadoshlarini termadagi faoliyati orqali yaxshi taniydi. U bu erga o'z uyidagidek keldi. Noni orqali jamoamiz kuchayadi", - dedi Arteta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: arsenal.com