"Mikst zona". Rasul Yo'ldoshev: "Elkamizdan katta tog' ag'darildi"

Iskandarov Abdulaziz
22 may 2024
"Bunyodkor" yarim himoyachisi Rasul Yo'ldoshev "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Taassurotlar ajoyib. Birinchi g'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmadi, chunki katta bosim ostida qolgandik. Avvalgi uchrashuvlarda vaziyatlardan foydalana olmayotgan edik. Ruhiy tomonlama ishonch olishimiz uchun g'alaba zarur bo'lib turgandi. Elkamizdan tog' ag'darildi. Boz ustiga turnir jadvalida oxirgi o'rindamiz. Bunday holat avval yuz bermagan. Shu bois borimizni berdik. 

Ikki jamoa ham futbol o'ynadi va yuz foiz kuchini ishga soldi. "Lokomotiv" kuchli jamoa, ularga ham g'alaba kerak edi. Omad esa bizga kulib boqdi",- deydi Rasul Yo'ldoshev. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia