

Hatto amaldorlar tomonidan omma oldida ishonch bildirilgan, barcha narsa yaxshi ketgandek tuyulardi. Ammo oxirgi pallada reja barbod bo'ldi.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 6 fevral kuni bo'lishi kerak bo'lgan o'yin Pert shahrida o'tkazilmaydi. Buning sababi - Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qo'yilgan moliyaviy talablar bo'lib, ularni bajarish G'arbiy Avstraliya hukumati hamda A Seriya uchun og'irlik qilar, moliyaviy xavf-xatarlarga olib kelar edi.
Endi A Seriya o'yinni xorijda o'tkazish uchun yangi joy qidiradimi yoki oxir-oqibat u Italiyada bo'lib o'tadimi - hozircha noma'lum. Biroq "San-Siro" stadionida o'tkazishning imkoni yo'q, chunki 6 fevral kuni "Milan" uy stadioni Qishki Olimpiya O'yinlarining ochilish marosimi sabab band bo'ladi.



