"Milan" bir yo'la 3 nafar hujumchi transferi ustida ishlamoqda

Tolibjon Qosimov
9 avg 2017
"Milan" sport direktori Massimiliano Mirabelli klub qiziqishlariga "Fiorentina" hujumchisi Nikola Kalinich, "Chelsi" forvardi Diego Kosta va "Borussiya" (Dordmund) to'purari Per-Emerik Obameyanglar kirishini yashirib o'tirmadi.

"Agar biz Obameyangni xarid qila olsak, taqdir haqida gapirish mumkin. U men ko'rmoqchi bo'lgan birinchi futbolchi.

Ha, Kalinich va Kosta ham bizning ro'yxatda bor. Hozir ana shu transferlar ustida faol ishlayapmiz", - dedi Mirabelli.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia