

Ardon Yashari "Milan" safiga qo'shildi. "Milan" klubi "Bryugge" yarim himoyachisining transferini e'lon qildi. Shveytsariya milliy terma jamoasi a'zosi bilan shartnoma 2030 yilgacha tuzildi.
23 yoshli yarim himoyachi yangi jamoasida 30-raqamni tanladi.
"Bryugge" klubiga futbolchi uchun 39 million evro to'lanishi xabar qilingandi.
Yashari o'tgan mavsumda Belgiya chempionatida 35 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.



