"Milan" futbolchisi "Beshiktosh"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
24 iyul 2025
"Milan" Emerson Royalni "Beshiktosh"ga ijaraga berishi mumkin.

Turk klubi "Milan"ga bu borada rasmiy taklif bilan chiqqan va transfer ishlarini tezlashtirishni so'ragan.

"Beshiktosh" futbolchini 2026 yil iyuniga qadar 10 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Braziliyalik 26 yoshli himoyachi o'tgan mavsumda A Seriyada 17 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano