"Milan" himoyachisi 3 oyga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
19 sep 2023
Futbolchi jiddiy jarohat olgan.

"Milan" himoyachisi Mattia Kaldara to'pig'idan operaciya qilindi. Bu haqda "rossoneri" rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchining tiklanishi uchun taxminan uch oy vaqt kerak bo'ladi.

Italiyalik futbolchi hali ushbu mavsumda maydonga tushmadi. 29 yoshli centrbek o'tgan mavsum ijara asosida "Speciya"da o'ynagan edi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: acmilan.com

Izohlar

Paxtakor tashken
19 sep 2023
Sentrbek tarjimani oxirigaca qmisilami
Rajabov1899
19 sep 2023
Kalilu yoki Tomori mi deb qo'rqib ketdim. Mayli sog'ayib ketsin