"Milan" himoyachisi Belgiyaga yo'l oldi

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2024
Yan-Karlo Simich "Milan"dan "Anderlext"ga o'tdi.

Belgiya klubi 19 yoshli serbiyalik himoyachining transferini e'lon qildi. "Anderlext" Simich bilan 2029 yilgacha shartnoma imzoladi.

Oldinroq Belgiya klubi himoyachining transferiga 3 million evroga kelishib olgani, shuningdek, “rossonerilar” futbolchining keyingi transferi summasining 20 foizini ham olishlari haqida xabar berilgandi.

O'tgan mavsum himoyachi "Milan" safida 6 uchrashuvda 1 ta gol urgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: rsca.be