Milan klublari "Torino" himoyachisiga davogar

Sherzod Nurmatov
5 apr 2024
"Inter" va "Milan" Alessandro Buonjornoga qiziqish bildirmoqda.

"Inter" va "Milan" klublari "Torino" markaziy himoyachisi Alessandro Buonjorno uchun kurashmoqda, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, 24 yoshli Buonjornoning o'zi yozda "Torino"ni tark etishga tayyor. U "Milan" yoki "Inter"dan tashqari Angliya Premer-ligasiga o'tishga ham qiziqadi. Himoyachining amaldagi bitimi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Torino" uning uchun 40 million evro ishlab olmoqchi.

24 yoshli Buonjorno joriy mavsum "Torino" safida 24 ta o'yinda harakat qilib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano