

Futbolchining Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yil yakuniga etadi. Kelishuvga ko'ra, Kristante yiliga 1,8 million evro ishlab oladi.
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchini yo'qotishni istamaydi, ammo Kristante Chempionlar ligasida qatnashadigan klub safiga o'tishni istamoqda. Uning transfer narxi 25 million evro bo'lishi kutilmoqda.
Brian "Milan" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda Kristante A Seriyada 33 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.



