"Milan" "Liverpul" himoyachisini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
31 avg 2025
"Milan" "Liverpul"ga Jo Gomes bo'yicha taklif jo'natdi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, agarda "Milan" "Manchester Siti"dan Manuel Akanjini tarkibiga qo'shib ololmasa, Jo Gomes bilan shug'ullanadi. Ayni damda "Liverpul" va "Milan" muzokaralari davom etmoqda.

Gomesning "Milan"ga o'tishi uchun faqatgina bir yo'l bor. Buning uchun "Kristal Pelas" futbolchisi Mark Gexi "Liverpul"ga o'tishi kerak bo'ladi.

Gomes "Liverpul" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoa tarkibida umumiy hisobda 242 o'yinda qatnashib, 10 golga assist bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano