"Milan" Messiasning transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2022
"Milan" matbuot xizmati Junior Messiasning "Krotone"dan to'liqligicha sotib olinganligini ma'lum qildi.

31 yoshli braziliyalik futbolchi "rossoneri" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Hozircha transfer borasidagi moliyaviy raqamlar ochiqlanganicha yo'q.

O'tgan mavsumda Messias "Milan"da ijara asosida 32 o'yinda qatnashib, 6 gol va 3 assist qayd etdi, shuningdek, jamoa bilan A Seriya chempionligini qo'lga kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/acmilan